“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INSONNING UMUMIY HOLATIGA SO‘ZNING TA’SIRI: JAHON TAJRIBALARI VA ILMIY TADQIQOTLAR ASOSIDA
старший преподаватель кафедры узбекского и иностранных языков Ферганского медицинского института общественного здоровья Самостоятельный исследователь ФерГУ
Annotatsiya
Inson salomatligi nafaqat biologik va fiziologik omillar, balki ruhiy va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. So‘z inson ongiga, hissiyotlariga va organizm faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim vosita hisoblanadi. So‘nggi yillarda dunyoning turli mamlakatlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ijobiy va salbiy so‘zlarning inson ruhiyati hamda jismoniy salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini isbotlamoqda. Mazkur maqolada so‘zning inson salomatligiga ta’siri, uning psixologik va fiziologik mexanizmlari, jahon miqyosida o‘tkazilgan ilmiy tajribalar hamda amaliy tavsiyalar yoritiladi. Shuningdek, sog‘lom muloqot madaniyatini shakllantirishning inson hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari so‘zdan oqilona foydalanish salomatlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Kalit
Kalit so'zlar: So‘z, salomatlik, psixologiya, neyrobiologiya,