“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KONTAKT BURCHAGI EVOLYUTSIYASI ORQALI KOLLOID TOMCHILARNING CCR, CCA VA ARALASH QURISH REJIMLARINI FIZIK MODELLASHTIRISH
Fargʻona davlat universiteti “Fizika” kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda qattiq substrat ustida joylashgan kolloid suyuqlik tomchisining bugʻlanish jarayoni kontakt burchagi evolyutsiyasi asosida tahlil qilinadi. Tomchi qurishi davomida asos radiusi, balandlik, hajm va kontakt burchagi vaqt boʻyicha oʻzgarib, evaporatsiya rejimining fizik xususiyatlarini belgilaydi. Tezisda CCR, CCA va aralash qurish rejimlarining mazmuni, kontakt chizigʻi pinningi, sirt tarangligi va tomchi geometriyasining oʻzaro bogʻliqligi umumlashtiriladi. Mazkur yondashuv mikrohajmli tomchilar, kolloid eritmalar va quriydigan plyonkalar fizikasi uchun muhim nazariy asos beradi.
Kalit so'zlar: kontakt burchagi, kolloid tomchi, CCR modeli, CCA modeli, aralash rejim, kontakt chizigʻi, pinning, evaporatsiya, sirt tarangligi.