“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
HARORAT MAYDONIDA DISTILLANGAN SUV VA NaCl ERITMASI TOMCHILARINING GEOMETRIK EVOLYUTSIYASI VA EVAPORATSIYA KINETIKASI
Fargʻona davlat universiteti “Fizika” kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Tezisda shisha substrat ustida joylashgan distillangan suv va 0,9% NaCl eritmasi tomchilarining harorat taʼsirida bugʻlanishi suyuqliklar fizikasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tomchi hajmi, balandligi, asos diametri va kontakt burchagining vaqt boʻyicha oʻzgarishi evaporatsiya kinetikasini tavsiflovchi asosiy parametrlar sifatida qaraladi. Harorat ortishi bugʻlanish oqimini kuchaytirib, tomchi hajmining kamayishini jadallashtiradi. Distillangan suv va NaCl eritmasidagi farqlar ionlarning solvatsiyasi, sirt tarangligi, bugʻ bosimi, kontakt chizigʻi holati va kristallanish jarayonlari bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: distillangan suv, NaCl eritmasi, tomchi bugʻlanishi, harorat maydoni, evaporatsiya kinetikasi, kontakt burchagi, sirt tarangligi.