“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KOLLOID SUYUQLIK TOMCHISINING KLINOVIDLI DEGIDRATATSIYASIDA FAZAVIY OʻTISH VA STRUKTURA HOSIL BOʻLISHINING FIZIK MEXANIZMLARI
Fargʻona davlat universiteti “Fizika” kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada kolloid suyuqlik tomchisining klinovidli degidratatsiyasi jarayonida suyuq fazadan gel va qattiq fazaga oʻtish mexanizmlari fizik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Koʻp komponentli biologik suyuqliklar suvli erituvchi, oqsil makromolekulalari, mineral tuzlar va organik komponentlardan tashkil topgan polidispers kolloid sistema sifatida qaraladi. Degidratatsiya davomida tomchi hajmining kamayishi, kontakt chizigʻining mahkamlanishi, konsentratsiya gradientlarining kuchayishi, oqsil agregatsiyasi, gel hosil boʻlishi va tuzlarning kristallanishi qattiq qoldiq morfologiyasini belgilaydi. Tadqiqotda qattiq faza shakllanishi bugʻlanish, kapillyar transport, fazaviy ajralish va oʻz-oʻzini strukturaviy tashkil etish jarayonlarining umumiy natijasi sifatida izohlanadi. Maqola biologik kolloid tomchilarda fasiya hosil boʻlishini suyuqliklar fizikasi va fazaviy oʻtishlar nazariyasi asosida tushuntirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: kolloid tomchi, klinovidli degidratatsiya, fazaviy oʻtish, gel hosil boʻlishi, kristallanish, fasiya, oqsil agregatsiyasi, kapillyar kuchlar, sirt tarangligi, struktura hosil boʻlishi.