“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KOʻP KOMPONENTLI KOLLOID SUYUQLIK TOMCHISINING BUGʻLANISHIDA KONVEKSIYA-DIFFUZIYA VA KAPILLYAR OQIMLAR FIZIKASI
Fargʻona davlat universiteti “Fizika” kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada qattiq taglikka joylashtirilgan koʻp komponentli kolloid suyuqlik tomchisining qurish jarayonida shakllanadigan asosiy fizik hodisalar tahlil qilinadi. Biologik suyuqliklar suvli erituvchi, oqsil makromolekulalari, mineral tuzlar va organik birikmalardan iborat murakkab polidispers muhit sifatida qaraladi. Tomchi hajmining kamayishi davomida bugʻlanish oqimining notekis taqsimlanishi, kontakt chizigʻining mahkamlanishi, namlanish burchagining oʻzgarishi hamda sirt tarangligi gradientlari suyuqlik ichidagi modda koʻchish jarayonlarini belgilaydi. Kapillyar oqimlar zarrachalarni asosan periferik sohaga yoʻnaltirsa, diffuziya konsentratsiya farqlarini kamaytirishga intiladi, Marangoni konveksiyasi esa ushbu transport mexanizmlariga qoʻshimcha ravishda ichki oqimlar yoʻnalishini oʻzgartirishi mumkin. Natijada qurish yakunida tomchi tarkibiy qismlari qayta taqsimlanib, halqasimon, radial yoki zonal tuzilishga ega qattiq qoldiq hosil qiladi. Tadqiqot biologik kolloid tomchilarni suyuqliklar fizikasi, kapillyar hodisalar va fazaviy oʻtishlar nuqtayi nazaridan izohlashga qaratilgan.
Kalit so'zlar: kolloid tomchi, bugʻlanish dinamikasi, kapillyar transport, konveksiya-diffuziya, kontakt chizigʻi, namlanish burchagi, pinning effekti, Marangoni konveksiyasi, sirt tarangligi gradienti, qattiq qoldiq.