“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KOLLOKATSIYA TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK TALQINLARI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktorant
Annotatsiya
Ushbu maqolada kollokatsiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Kollokatsiyaning kombinator lingvistika tizimidagi o‘rni, uning asosiy belgilari hamda turli lingvistik maktablar tomonidan talqin qilinishi yoritiladi. Tadqiqot natijasida kollokatsiyaning semantik, leksik va funksional moslikka asoslangan, nutqda muntazam qo‘llanadigan kombinator birlik ekanligi asoslanadi.
Kalit so'zlar: kollokatsiya, kombinator lingvistika, kombinator xususiyat, leksik moslik, semantik moslik, birikuvchanlik, korpus lingvistikasi, leksikografiya, valentlik, frazeologiya.