“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MUSTAQILLIK DAVRI IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITINING G‘AZAL MAVZULARIGA TA'SIRI
FarDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Mustaqillik davri ijtimoiy-ma’naviy muhitining o‘zbek g‘azaliyoti mavzulariga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy mustaqillik tufayli g‘azal janrida yuz bergan g‘oyaviy-badiiy yangilanishlar, xususan, Mustaqillik, Vatan, milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlar mavzularining keng o‘rin egallashi yoritilgan. Shuningdek, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Jamol Kamol va Matnazar Abdulhakim kabi shoirlar ijodida an’ana va novatorlikning uyg‘unlashuvi, mumtoz g‘azal poetikasining zamonaviy tafakkur bilan boyishi masalalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Mustaqillik davri g‘azaliyotida milliy g‘urur, vatanparvarlik, ma’naviy uyg‘onish va tarixiy adolat g‘oyalarining badiiy talqini tadqiqotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Kalit so'zlar: Mustaqillik davri, g‘azaliyot, Vatan mavzusi, milliy qadriyatlar, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, an’ana va novatorlik, poetika, ma’naviy uyg‘onish, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov.