ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

XOTIRA MATNLARIDA BIRINCHI SHAXSGA ASOSLANGAN NARRATIV KONSTRUKSIYALAR (AUTONARRATIV SINTAKSIS)

Kholmatov, Mardonjon Sherali o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

2026-06-26 · pp. 630–636 · DOI: 10.5281/zenodo.21741411 · UDK 81

Annotatsiya

Maqolada birinchi shaxsga asoslangan xotira matnlarining (memuar, kundalik, avtobiografik bayonot, raqamli esdaliklar) sintaktik tashkiloti autonarrativ sintaksis tushunchasi doirasida oʻrganiladi. Tadqiqotning maqsadi — bunday matnlardagi asosiy narrativ sintaktik konstruksiyalarni aniqlash, tasniflash va ularning bayon jarayonidagi vazifasini tavsiflash. Nazariy asos sifatida Labov va Waletzkiyning ogʻzaki narrativ strukturasi nazariyasi, Janettning bayon ovozi va fokalizatsiya kontseptsiyasi, Xopperning aspekt va birinchi reja nazariyasi hamda Fillmor va Byulerning deyktik markaz haqidagi qarashlari qabul qilingan. Tahlil oʻzbek tilidagi taxminan 120 ta matn parchasini qamrab olgan korpus asosida funksional-tahliliy yondashuvda olib borildi. Natijada beshta asosiy konstruksiya guruhi aniqlandi. Tadqiqot zamon shakllarining almashinuvi bayon qilayotgan va bayon qilinayotgan “men” orasidagi sintaktik chegarani belgilovchi tizimli mexanizm ekanligini koʻrsatadi.

Kalit so'zlar: autonarrativ sintaksis, birinchi shaxs bayoni, xotira matni, narrativ konstruksiya, deyktik markaz, fokalizatsiya, zamon shakllari, birinchi reja va fon.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi