“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QUVONCH VA QAYG‘U KATEGORIYALARINING PSIXOLINGVISTIK MOHIYATI
Farg‘ona davlat universiteti tadqiqodchisi
Annotatsiya
Mazkur tezisda quvonch va qayg‘u hissiy kategoriyalarining psixolingvistik mohiyati, ularning inson tafakkuri, ong jarayonlari hamda til orqali ifodalanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Hissiyotlar inson ruhiy faoliyatining murakkab shakli bo‘lib, ular tilda turli leksik, grammatik va stilistik vositalar yordamida namoyon bo‘ladi. Quvonch va qayg‘u insoniyatga xos universal hissiy holatlar hisoblanishiga qaramay, ularning tildagi ifodasi har bir xalqning dunyoqarashi, madaniy qadriyatlari va kognitiv tajribasi bilan bog‘liq holda farqlanadi. Tadqiqotda mazkur hissiy kategoriyalarning inson ongida shakllanishi, ularning til birliklari orqali ifodalanishi hamda hissiy mazmunning qanday kognitiv jarayonlar asosida yuzaga kelishi tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, quvonch va qayg‘u ifodasi insonning idroki, xotirasi, baholash faoliyati va madaniy tajribasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kalit so'zlar: psixolingvistika, hissiyot, quvonch, qayg‘u, hissiy kategoriya, kognitiv jarayon, konseptualizatsiya, lingvistik ifoda.