“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING QIYOSIY-PSIXOLINGVISTIK VA STATISTIK TAHLILI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada ikki xil tizimli tillar — ingliz va oʻzbek tillari materialida maxsus (ixtisoslashgan) matnlarni inson omili tomonidan idrok etish va tushunish jarayonlarining qiyosiy- psixolingvistik xususiyatlari tadqiq etiladi. Agglyutinativ va analitik tillarning tarkibiy-lisoniy tabiati matn murakkabligi (text complexity) va informativlik zichligiga qanday taʼsir koʻrsatishi lingvostatistik hamda eksperimental metodlar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari maxsus maqsadlarga yoʻnaltirilgan oʻquv materiallarini integratsiya qilish va kompyuter tilshunosligi modellarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: matn tilshunosligi, psixolingvistika, maxsus matn, idrok (perception), matn murakkabligi, chogʻishtirma tilshunoslik, lingvostatistika.