ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

INGLIZ TILIDA GENDERGA XOS VERBAL MULOQOTINING TUZILISHI VA MA’NOVIY JIHATLARINI O‘RGANISH

Muxtorova, Madinaxon Alijon qizi

2026-06-26 · pp. 565–568 · DOI: 10.5281/zenodo.21741367 · UDK 811.111

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilida genderga xos verbal muloqotining tuzilishi va ma’noviy jihatlarini o‘rganish tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi erkak va ayollar nutqida uchraydigan sintaktik, leksik va semantik farqlarni aniqlash hamda ularning kommunikativ vazifalarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda diskurs tahlili va qiyosiy-lingvistik metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayollar nutqida hissiy-ekspressiv birliklar, muloyimlik strategiyalari va hamkorlikka yo‘naltirilgan kommunikativ vositalar ko‘proq uchrasa, erkaklar nutqida informativlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirish va raqobatga asoslangan kommunikativ strategiyalar ustunlik qiladi. Tadqiqot natijalari gender lingvistikasi va pragmalingvistika sohalaridagi ilmiy izlanishlarni boyitishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: gender lingvistikasi, verbal muloqot, struktur tahlil, semantik tahlil, erkak nutqi, ayol nutqi, diskurs, kommunikativ strategiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi