“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XX ASR G‘ARB VA SHARQ ADABIYOTIDA INSON KONSEPSIYASI (HERMAN HESSENING "CHO‘L BO‘RISI" VA CHINGIZ AYTMATOVNING "QIYOMAT" ROMANLARI MISOLIDA)
FarDU mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada XX asr G‘arb va Sharq adabiyotida inson konsepsiyasining badiiy talqini Hermann Hesse va Chingiz Aytmatovning “Cho‘l bo‘risi” hamda “Qiyomat” romanlari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida insonning ruhiy iztirobi, ma’naviy qidiruvi, o‘zlikni anglash jarayoni hamda jamiyat bilan munosabatlari o‘rganiladi. Har ikki asardagi bosh qahramonlarning ichki dunyosi va falsafiy qarashlari tahlil qilinib, G‘arb va Sharq adabiyotidagi inson konsepsiyasining mushtarak hamda farqli jihatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida insonning ma’naviy kamoloti va haqiqat izlash masalasi har ikki adib ijodining markaziy g‘oyalaridan biri ekanligi asoslanadi.
Kalit so'zlar: inson konsepsiyasi, badiiy obraz, psixologizm, modernizm, ekzistensializm, ma’naviy qidiruv, ruhiy iztirob, qiyosiy adabiyotshunoslik, Hermann Hesse, Chingiz Aytmatov.