“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK TILIDAGI GRAMMATIK O‘ZLASHMALARDA SHAKL VA MAZMUN ASSIMETRIYASI
Namangan davlat universiteti tadqiqodchisi
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi grammatik o‘zlashmalar natijasida yuzaga keladigan shakl va mazmun assimetriyasi masalasi tahlil qilinadi. Til kontaktlari jarayonida o‘zlashgan grammatik birliklarning qabul qiluvchi til tizimiga integratsiyalashuvi davomida ularning shakliy va mazmuniy xususiyatlarida sodir bo‘ladigan transformatsiyalar yoritiladi. Arab, fors-tojik, rus va ingliz tillari ta’sirida shakllangan grammatik birliklar misolida grammatik o‘zlashmalarning morfologik va semantik o‘zgarish mexanizmlari tavsiflanadi. Tadqiqot natijasida grammatik o‘zlashmalar shakl va mazmun munosabatlarining qayta tashkil topishiga olib keluvchi muhim omillardan biri ekanligi asoslanadi.
Kalit so'zlar: grammatik o‘zlashma, assimetriya, shakl, mazmun, grammatiklashuv, morfologik integratsiya, til kontaktlari, morfologik nomutanosiblik.