“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA TERMINOLOGIK MAYDON TUSHUNCHASI VA INSON RUHIY HOLATIGA OID TIBBIY TERMINLARNING TIZIMLI TAHLILI
Pedagogika, psixologiya va filologiya kafedrasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida "terminologik maydon" tushunchasining nazariy- metodologik asoslari va uning semantik maydon nazariyasi bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan. Inson ruhiy holatiga oid ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy-psixiatrik terminlarning shakllanish manbalari, morfologik tuzilishi hamda lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xalqaro terminologiyani standartlashtirish muammolari, lingvistik konseptuallashtirish farqlari va o‘zbek tilida tibbiy terminlar ekvivalentligini ta’minlash masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: terminologik maydon, semantik maydon, psixiatriya, ruhiy holat terminlari, morfologik tarkib, lingvokulturologiya, ekvivalentlik, kognitiv tilshunoslik.