ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SIYOSIY DISKURSDA RITORIK FIGURALARNING QO‘LLANILISHI VA ULARNING LISONIY TAHLILI

Ikromova, Nilufar Akmal qizi

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 523–526 · DOI: 10.5281/zenodo.21741339 · UDK 81

Annotatsiya

Ushbu maqolada siyosiy diskursda ritorik figuralarning lisoniy tabiati, ularning auditoriyaga ta’sir o‘tkazish mexanizmlari, kognitiv freym hosil qilish xususiyatlari va pragmatik imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqlari hamda xalqaro chiqishlari misolida atroflicha tadqiq etilgan. Siyosiy nutq shunchaki ma’lumot yetkazish vositasi emas, balki jamiyatni ma’naviy-gʻoyaviy jihatdan safarbar qilish, davlat bilan xalq oʻrtasida ochiq inklyuziv muloqot tizimini va yangi ijtimoiy reallikni shakllantirish quroli ekanligi sotsiolingvistik va pragmalingvistik tahlillar orqali isbotlangan. Tadqiqot davomida konseptual metafora, antiteza, anafora, sintaktik parallelizm, xiazm hamda ritorik soʻroq gaplar kabi ekspressiv vositalarning siyosiy matnlardagi funksional-uslubiy oʻrni yoritilgan.

Kalit so'zlar: Siyosiy diskurs, ritorika, manipulyatsiya, ritorik figuralar, pragmalingvistika, siyosiy metafora, kognitiv tilshunoslik, ijtimoiy safarbarlik, inson qadri, lingvistik neyromarketing.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi