“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NUTQIY AKT VA SUKUT HODISASI: PRAGMALINGVISTIK TAHLIL
FarDU tayanch doktoranti.
Annotatsiya
Mazkur maqolada sukut hodisasi nutqiy akt nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sukutning lokutiv, illokutiv va perlokutiv akt komponentlariga munosabati badiiy matn misolida ko‘rib chiqiladi hamda sukutga xos holatlar uchun “paralokutiv akt” tushunchasi taklif etiladi. Olingan natijalar sukutning muloqotning passiv emas, balki faol pragmatik elementi ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: sukut, nutqiy akt, lokutiv akt, illokutiv akt, perlokutiv akt, paralokutiv akt, sukut akti, pragmalingvistika.