“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BADIIY MATNDA REALIYALAR VA ULARNING LINGVOMADANIY TALQINI
FarDu mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandasi Shukur Xolmirzayev asarlarining lingvokulturologik xususiyatlari va badiiy til mahorati tadqiq etiladi. Tadqiqotda yozuvchi nasridagi milliy mentalitet, xalqona iboralar, frazeologizmlar va realiyalar zamonaviy tilshunoslikning yangi yoʻnalishlari, xususan, lingvokulturologiya hamda lisoniy shaxs nazariyalari prizmasi oʻrganilgan. Shuningdek, adib asarlarining oʻzbek tili va adabiyoti tarixidagi oʻrni hamda undagi lisoniy birliklarning madaniyat va til oʻzaro aloqadorligini ochib berishdagi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, Shukur Xolmirzayev, til va madaniyat, badiiy matn, lisoniy manzara, milliy mentalitet, realiyalar, stereotip, tilning mukammal tadqiqi.