“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
EKVIVALENTLIK NAZARIYASINING TARJIMA JARAYONIDAGI O‘RNI
Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy tarjimashunoslikda ekvivalentlik tushunchasining nazariy asoslari, uning lingvistik va tarjimashunoslik nuqtai nazaridan turlicha talqin qilinishi, hamda hindiy tilidan o‘zbek tiliga nasriy tarjimada ekvivalentlikka erishish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ekvivalentlik tushunchasining tarjima nazariyasidagi markaziy o‘rni asoslangan bo‘lib, uning to‘liq tenglik va almashtirish orqali erishish kabi ikki asosiy nuqtai nazari tahlil qilingan. Shuningdek, ekvivalentlik va adekvatlik tushunchalari o‘rtasidagi nozik farqlar, ekvivalentlikning semantik, stilistik va kommunikativ jihatlari Bhisham Sahniy asarlaridan olingan misollar asosida ko‘rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: tarjimashunoslik, ekvivalentlik, adekvatlik, muqobillik, nasriy tarjima, kommunikativ ekvivalentlik, semantik ekvivalentlik, stilistik ekvivalentlik, frazeologik birliklar.