“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KASBIY MULOQOTIDA MODALLIKNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI. (OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI)
Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘qituvchisi,
Annotatsiya
Mazkur maqolada oʻzbek va ingliz tillarida modallik kategoriyasining kasbiy muloqot doirasida namoyon boʻlishi lingvokulturologik jihatdan tahlil qilinadi. Modallik vositalari (modal feʼllar, modal soʻzlar, modal-predikativ birliklar) orqali ifodalanadigan milliy-madaniy qadriyatlar, urf-odatlar va mentalitet xususiyatlari qiyosiy oʻrganiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ingliz kasbiy diskursida epistemik modallik va ehtiyot strategiyalari (hedging) individualizm va past kontekstli madaniyat bilan bogʻliq boʻlsa, oʻzbek kasbiy muloqotida deontik modallik va hurbat ifodalari kollektivistik qadriyatlar hamda yuqori hokimiyat masofasi bilan chambarchas bogʻliq. Maqola qiyosiy tilshunoslik, lingvokulturologiya va tarjimashunoslik sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, modallik, kasbiy muloqot, epistemik modallik, deontik modallik, milliy mentalitet, xushmuomalalik strategiyalari, madaniyatlararo kommunikatsiya.