“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INGLIZ JURNALISTIKA TILINING MADANIY-INTERTEKSTUAL XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqola ingliz jurnalistika tilining o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan, uning boy madaniy konnotatsiyalari, tarixiy-ijtimoiy asoslari, idiomatik iboralar, hazil-kinoyali ifodalar, metaforalar va sarlavhalardagi alluziyalardan foydalanishini tahlil qiladi. Tadqiqotda Buyuk Britaniyaning siyosiy, monarxik va parlament tizimiga bog‘liq birliklar (Downing Street, The Crown, Westminster va boshqalar) hamda auditoriyani jalb qilish vositasi sifatida ishlatiladigan figurativ til vositalari ko‘rib chiqiladi. Y.Nikitina va hamkorlarining (2018) empirik tadqiqoti asos qilib olinib, 150 ta sarlavha tahlilida alluziyalarning taxminan 30% ni tashkil etishi tasdiqlanadi va boyitiladi. Maqsad – ingliz jurnalistika tilining pragmatik samaradorligi, intertekstual boyligi va madaniy ta’sirini ilmiy jihatdan ochib berishdir.
Kalit so'zlar: ingliz jurnalistika tili, idiomatik iboralar, hazil va kinoya, metaforalar, alluziyalar, intertekstualilik, sarlavhalar, madaniy konnotatsiyalar.