ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

PLEONASTIK BIRLIKLARNING RASMIY USLUBDA QO‘LLANISHI

Tursunov, Asadullo Shuhratjon o‘g‘li

FarDU tayanch doktaranti

2026-06-26 · pp. 418–421 · DOI: 10.5281/zenodo.21741272 · UDK 81

Annotatsiya

Mazkur maqolada rasmiy uslubda qo‘llanuvchi pleonastik birliklarning lingvistik va funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Rasmiy-huquqiy hujjatlar matnida uchraydigan semantik ortiqchaliklarning yuzaga kelish sabablari, ularning kommunikativ vazifalari hamda uslubiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda pleonazmlarning huquqiy aniqlikni ta’minlash, ma’noning bir xil talqin qilinishiga xizmat qilish va terminologik ravshanlikni kuchaytirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, rasmiy nutqda uchraydigan me’yoriy va nomuvofiq pleonastik birliklar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, ularning hujjat matnining lo‘ndaligi va uslubiy mukammalligiga ta’siri baholangan. Natijada rasmiy uslubda pleonazmlar faqat kommunikativ hamda yuridik zarurat mavjud bo‘lgan hollarda funksional qiymat kasb etishi asoslangan.

Kalit so'zlar: pleonazm, pleonastik birliklar, rasmiy uslub, huquqiy matn, semantik ortiqchalik, terminologik takror, hujjatchilik tili, kommunikativ aniqlik, yuridik diskurs, uslubiy me’yor.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi