ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

AVSTRALIYA INGLIZ TILIDAGI YOSHLAR NUTQIDAGI LINGVISTIK O‘ZGARISHLAR: FONETIK, LEKSIK, GRAMMATIK VA IJTIMOIY-MADANIY TAHLIL

Boqiyeva, Muharramoy

FarDU mustaqil izlanuvchi

2026-06-26 · pp. 382–384 · DOI: 10.5281/zenodo.21741240 · UDK 811.111

Annotatsiya

O‘zbekcha: Avstraliya ingliz tili (Australian English, AusE) ingliz tilining dunyo miqyosidagi muhim variantlaridan biri bo‘lib, fonetik, leksik, prosodik va grammatik xususiyatlari bilan boshqa milliy variantlardan farqlanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda, xususan, Millennials ( 1981- 1996)va Gen Z (1997-2012) avlodlari nutqida lingvistik o‘zgarishlarning sezilarli tezlashishi kuzatilmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat tilshunoslik, balki ijtimoiy-madaniy jarayonlarning ko‘zgusi hisoblanadi. Ushbu maqola Avstraliya ingliz tilidagi yoshlar nutqining fonetik (unli tovushlar siljishi, High Rising Terminal), leksik (slang va qisqartirishlar), grammatik hamda ijtimoiy-madaniy jihatlarini ilmiy tadqiqotlar asosida tizimli tahlil qiladi. O‘zgarishlarning asosiy determinantlari sifatida multikulturalizm, immigratsiya jarayonlari, raqamli media va ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, Multicultural Australian English – Voices of Sydney (MAE-VoiS) loyihasi natijalari yangi “Multicultural Australian English” (MAE) varianti shakllanishini empirik jihatdan tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: Avstraliya ingliz tili, yoshlar nutqi, fonetik siljishlar, High Rising Terminal (HRT), Multicultural Australian English (MAE), slang, multikulturalizm, raqamli media, ijtimoiy identifikatsiya, apparent time.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi