“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
«MEHNAT» KONSEPTI VA UNING UNIVERSAL TABIATI: KOGNITIV TILSHUNOSLIK TALQINIDA
Fargʻona davlat universiteti, Tilshunoslik kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning markaziy birligi sanaluvchi «konsept» tushunchasi, uning «tushuncha» atamasidan tafovuti hamda dunyo va oʻzbek tilshunosligidagi turfa talqinlari tahlil qilinadi. Konseptga yondashuvlardagi yagona taʼrifning shakllanmaganligi sabablari koʻrsatilib, freym, skript, ssenariy, geshtalt va prototip kabi unga yaqin tushunchalarning mohiyati yoritiladi. Maqolaning asosiy qismida «mehnat» konseptining umuminsoniy (universal) tabiati, uning oʻzbek va ingliz lingvomadaniyatlarida voqelanishidagi izomorfik va allomorfik jihatlar qiyosiy tarzda koʻrib chiqiladi.
Kalit so'zlar: konsept, tushuncha, kognitiv tilshunoslik, antropotsentrik paradigma, freym, skript, geshtalt, prototip, «mehnat» konsepti, verbalizator, lingvokulturologiya, qiyosiy-tipologik tahlil.