“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XOJA AHMAD YASSAVIY VA UBAYDIY HIKMATLARIDA USLUB MASALASI
FarDu tayanch doktoranti.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Xoja Ahmad Yassaviy va Ubaydiy hikmatlaridagi til va uslub masalasi adabiy izdoshlik tamoyili asosida tadqiq etilgan. Unda Yassaviy tomonidan shakllantirilgan turkona uslubning asosiy xususiyatlari, jumladan, xalqona ifoda, sodda poetik bayon, tasavvufiy ramzlar va ruhiy kechinmalar ifodasi tahlil qilingan. Shuningdek, Ubaydiy hikmatlarida mazkur uslubiy an’ananing davomiyligi, shoirning individual poetik xususiyatlari, tasavvufiy istilohlarning qo‘llanishi, takror, radif va qofiya tizimining badiiy vazifalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida Yassaviy va Ubaydiy ijodida mushtarak uslubiy belgilar bilan bir qatorda, har bir ijodkorning o‘ziga xos badiiy tafakkuri ham namoyon bo‘lishi asoslangan.
Kalit so'zlar: Xoja Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, hikmat, turkona uslub, adabiy izdoshlik, tasavvuf, til, poetik vositalar, radif.