“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TEMPORALLIKNING STRUKTUR-SEMANTIK TADQIQI
FarDU tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada temporallik kategoriyasining struktur-semantik xususiyatlari, uning til tizimidagi o‘rni hamda vaqt munosabatlarini ifodalashdagi lingvistik vositalari tahlil qilinadi. Temporallik tilning universal kategoriyalaridan biri bo‘lib, voqea-hodisalar, harakat va holatlarning vaqtga nisbatan joylashuvini aks ettiradi. Tadqiqotda temporallikning grammatik, leksik va kontekstual ifoda vositalari, shuningdek, uning semantik maydoni va funksional xususiyatlari yoritiladi.
Kalit so'zlar: temporallik, vaqt kategoriyasi, struktur-semantik tahlil, semantik maydon, zamon, aspekt, lingvistika.