“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NEMIS XALQINING URF-ODATLARI VA QADRIYATLARIDA AKS ETGAN LINGVOMADANIY MAZMUNGA BIR NAZAR
Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filliali Ta’lim sohasida hamkorlik bo‘limi xodimi
Annotatsiya
Maqolada nemis xalqining urf-odatlari va qadriyatlarida aks etgan lingvomadaniy mazmun tahlil qilinadi. Til birliklari orqali madaniy stereotiplar, qadriyatlar va ijtimoiy me’yorlar qanday shakllanishi ko‘rsatiladi. Bartmiński, Wierzbicka, Fillmore, Lakoff va Johnson nazariyalari asosida lingvistik dunyoqarash, madaniy skriptlar, frame semantika va konseptual metaforalar izohlanadi. Elias, Douglas, Assmann va Mieder qarashlari orqali odob-axloq me’yorlari, poklik tushunchasi, madaniy xotira mexanizmlari va maqollar jamiyat qadriyatlarini qanday aks ettirishi ko‘rsatib beriladi. Hofstede modeli yordamchi analogiya sifatida qo‘llanib, nemis madaniyatidagi tartib, qoidaparanlik va shaxsiy hududga hurmat kabi xususiyatlar individualizm va noaniqlikdan qochish ko‘rsatkichlari bilan bog‘lanadi. Advent, Nikolaus, Rojdestvo, Karnaval, Maibaum, Oktoberfest kabi kalendar marosimlari hamda hayot sikliga oid odatlar (Einschulung, Taufe, to‘y marosimlari) jamiyat qadriyatlarini ramziy shaklda ifodalab, madaniy xotirani har yili qayta jonlantiradi.
Kalit so'zlar: Lingvomadaniy mazmun, Nemis urf-odatlari, Nemis qadriyatlari, Bartmiński nazariyasi, Madaniy skriptlar, Frame semantika, Konseptual metafora, Norbert Elias, Mary Douglas, Jan Assmann, W. Mieder, Hofstede modeli, Kalendar marosimlari, Advent odatlari, Nikolaus bayrami, Rojdestvo odatlari, Karnaval/Fasching, Maibaum, Oktoberfest, Hayot sikli odatlari, Einschulung va Schultüte, Taufe va Taufpate, To‘y odatlari.