“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“CHINGACHGUK FOJIASI YOXUD SASKUIXANNA MANBALARIDA” ROMANIDA ROMANTIZM VA TABIAT HIMOYACHISI G‘OYASI
Farg‘ona davlat universiteti 1 0.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur tezisda amerikalik yozuvchi Jeyms Fenimor Kuperning “Chingachguk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida” romanida romantizm oqimining badiiy ifodasi hamda tabiatni asrash g‘oyalarining talqini tahlil qilinadi. Asarda inson va tabiat munosabati, yevropalik mustamlakachilar hamda tub amerikalik xalqlar o‘rtasidagi ziddiyatlar romantizm estetikasi asosida ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida Chingachguk obrazi orqali tabiat himoyachisi konsepsiyasi yoritilib, yozuvchining ekologik tafakkurga oid qarashlari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: romantizm, tabiat, Chingachguk, Amerika adabiyoti, ekologik tafakkur, badiiy obraz, Jeyms Fenimor Kuper.