TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Tarjimada leksik-semantik transformatsiyalar inʼikosi: Xemingueyning “To Have and Have Not” romani oʻzbekcha tarjimasi misolida
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada ingliz tilidan oʻzbek tiliga badiiy tarjimada leksik-semantik transformatsiyalarning namoyon boʻlishi Ernest Xemingueyning “To Have and Have Not” romani va uning K. Yusupova qilgan oʻzbekcha tarjimasi (2023) misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi – soʻz maʼnosining ichki qayta ishlanishiga asoslangan transformatsiyalarning asosiy turlarini aniqlash, ularning obrazli-uslubiy vazifasini ochib berish hamda tarjimadagi yoʻqotish va boyitish nisbatini baholashdan iborat. Tahlil asliyat va tarjima jumlalarini qiyoslash asosida konkretlashtirish, differensiatsiya, umumlashtirish va modulyatsiya misolida olib borildi. Natijalar semantik harakatning asosan umumiylikdan aniqlik tomon yoʻnalganini koʻrsatdi: universal “say” feʼli oʻzbek tilida bir necha aniq feʼlga ajraladi, umumlashtirish esa kam uchraydi. Modulyatsiya metafora va hissiy holatlarni oʻgirishda obrazni rivojlantiruvchi vosita sifatida namoyon boʻladi. Bundan tashqari, bitta ekspressiv birlikning sahnaning hissiy zaryadiga qarab bir necha ekvivalentga ajralishi ekspressiv-kontekstual differensiatsiya (EKD) nomi bilan alohida tur sifatida asoslandi. Semantik yoʻqotishlar koʻpincha kompensatsiya orqali qoplanishi, leksik-semantik sathda esa meʼyoriy-uzual va uslubiy omillar yetakchilik qilishi aniqlandi. Xulosalar tarjima tanqidida va tarjimashunoslikni oʻqitishda qoʻllanilishi mumkin.
The Reflection of Lexical-Semantic Transformations in Translation: A Case Study of the Uzbek Translation of Hemingway's "To Have and Have Not"
The paper examines how lexical-semantic transformations manifest themselves in English–Uzbek literary translation, using Ernest Hemingway’s novel “To Have and Have Not” and its Uzbek translation by K. Yusupova (2023). The study aims to identify the main types of transformation based on the internal restructuring of word meaning, to reveal their figurative and stylistic functions, and to assess the balance of loss and enrichment in the target text. The analysis, based on a comparison of source and target sentences, covers concretization, differentiation, generalization and modulation. It shows that semantic movement runs mostly from the general to the specific: the universal verb “say” splits into several precise verbs in Uzbek, whereas generalization is rare. Modulation serves to develop the image when metaphors and emotional states are rendered. In addition, expressive-contextual differentiation (ECD), whereby one expressive unit is spread over several equivalents according to the emotional charge of the scene, is substantiated as a separate type. The study also finds that semantic losses are often offset through compensation, and that at the lexical-semantic level normative-usage and stylistic factors prevail. The findings can be applied in translation criticism and in teaching translation studies.
Kalit so'zlar: leksik-semantik transformatsiya, konkretlashtirish, differensiatsiya, modulyatsiya, ekspressiv leksika, badiiy tarjima