ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Isajon Sulton hikoyalarida frazeologik birliklarning obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni ta’minlashdagi o‘rni

Nishonova, Adiba

2026-10-03 · pp. 275–278 · DOI: 10.5281/zenodo.23278818 · UDK 81

Annotatsiya

Mazkur maqolada Isajon Sulton hikoyalarida qo‘llangan frazeologik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari va badiiy matnni shakllantirishdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning obrazlilik va ma’no chuqurligini yaratish, emotsional-ekspressiv ta’sir kuchini oshirish, diniy dunyoqarashni aks ettirish, matnning ma’no zichligini ta’minlash hamda muayyan kontekstda semantik jihatdan aktualizatsiyalash kabi vazifalari badiiy misollar asosida yoritiladi. Tadqiqotda yozuvchi hikoyalaridan olingan “o‘tga-suvga kirmoq”, “mag‘zini chaqmoq”, “boshi qotmoq”, “jonini Haqqa topshirmoq”, “og‘izdan og‘izga o‘tmoq”, “suyagi sanalmoq” kabi frazeologik birliklarning kontekstual-semantik va lingvopoetik xususiyatlari tahlil etiladi. Tahlillar frazeologizmlarning badiiy nutqda nafaqat tayyor til birliklari sifatida, balki muallifning individual uslubini yuzaga chiqaruvchi, qahramonlarning ruhiy holatini ifodalovchi va voqelikni obrazli tasvirlashga xizmat qiluvchi poetik vosita sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, frazeologik birliklarning xalqning milliy-madaniy tajribasi, diniy qarashlari va hayotiy tasavvurlari bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Natijada Isajon Sulton ijodida frazeologizmlarning badiiy-estetik va lingvopoetik imkoniyatlari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi asoslanadi.

**The Role of Phraseological Units in Ensuring Imagery and Emotional-Expressiveness in Isajon Sulton’s Stories**

This article analyzes the linguopoetic features of phraseological units used in Isajon Sulton’s stories and their functional potential in shaping the literary text. Based on textual examples, the study examines such functions of phraseological units as creating imagery and semantic depth, enhancing emotional and expressive impact, reflecting religious worldview, increasing semantic density, and achieving semantic actualization within a particular context. The study focuses on the contextual-semantic and linguopoetic features of phraseological units such as “o‘tga-suvga kirmoq,” “mag‘zini chaqmoq,” “boshi qotmoq,” “jonini Haqqa topshirmoq,” “og‘izdan og‘izga o‘tmoq,” and “suyagi sanalmoq,” which are used in the writer’s stories. The analysis demonstrates that phraseological units in literary discourse function not merely as ready-made linguistic expressions, but also as poetic devices that contribute to the expression of the author’s individual style, the revelation of characters’ psychological states, and the figurative representation of reality. Furthermore, the study highlights the connection of phraseological units with the national and cultural experience of the Uzbek people, religious beliefs, and perceptions of life. The findings demonstrate that phraseological units in Isajon Sulton’s stories reveal distinctive artistic-aesthetic and linguopoetic potential, contributing significantly to the expressive and semantic richness of his literary works.

Kalit so'zlar: frazeologizm, lingvopoetika, lingvopoetik funksiya, obrazlilik, emotsional-ekspressivlik, ma’no zichligi, semantik aktualizatsiya, diniy dunyoqarash, milliy-madaniy xususiyat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi