TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Tarixiy shaxs xarakteri va badiiy portretining ilmiy-estetik talqini (M. Osimning “Ibn Sino” qissasi misolida)
24-son o'rta maktab (Farg'ona tumani, Farg'ona viloyati)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Mirkarim Osimning “Ibn Sino” qissasida tarixiy shaxs obrazini yaratishda badiiy portret va xarakter sintezi ilmiy-estetik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi qahramonning biologik, ruhiy va intelektual dunyosini ochib berishda badiiy portret dinamikasi, takroriy detallar hamda ilmiy-falsafiy qarashlarning o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat. Ishda qiyosiy-tahliliy, biografik va tekstologik tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, adib “qotmadan kelgan”, “qirra burun”, “ma’noli va katta ko‘zlar” kabi vositalar orqali Ibn Sinoning faqat tashqi qiyofasini emas, balki uning o‘tkir mantiqiy fikrlash kuchi, ilmiy halolligi va ma’naviy matonatining dinamik portretini yaratgan. Qissada olimning saroy fitnalari va quvg‘inlik yillaridagi ruhiy kechinmalari hamda aql va nafs kurashiga oid ramziy-falsafiy qarashlari xarakter shakllanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilgani isbotlangan. Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, M. Osim Ibn Sino obrozida ilmiy e’tiqodini har qanday moddiy boylik va saroy dabdabasidan ustun qo‘ygan yaxlit, erkin hamda murakkab tarixiy shaxs konsepsiyasini shakllantira olgan.
Scientific and Aesthetic Interpretation of the Character and Artistic Portrait of a Historical Figure (On the Example of M. Osim's Novella "Ibn Sina")
This article provides a scientific and aesthetic analysis of the synthesis of artistic portraiture and character development in creating a historical figure in Mirkarim Osim's novella "Ibn Sina". The aim of the research is to demonstrate the role of portrait dynamics, recurring details, and scientific-philosophical views in revealing the hero's biological, spiritual, and intellectual world. The study employs comparative-analytical, biographical, and textual analysis methods. The analysis reveals that through portraiture details like "lean physique," "aquiline nose," and "expressive large eyes," the author constructs a dynamic portrait reflecting Ibn Sina's sharp logical thinking, scientific integrity, and spiritual resilience rather than merely his appearance. It is proven that the scholar's inner experiences during exile and palace intrigues, alongside his symbolic-philosophical views on the struggle between intellect and desire, serve as crucial elements in character formation. In conclusion, M. Osim successfully conceptualizes a complex, independent, and holistic historical personality who values scientific conviction above material wealth and royal favors.
Kalit so'zlar: Badiiy portret dinamikasi, xarakter psixologizmi, ilmiy-estetik talqin, ramziy-falsafiy qarashlar.