ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Somatik frazeologizmlarning nutqiy aktlarni ifodalashdagi kognitiv-pragmatik xususiyatlari

Qurbanova, Zulxumor

2026-10-03 · pp. 269–272 · DOI: 10.5281/zenodo.23278787 · UDK 81

Annotatsiya

Mazkur tezisda o‘zbek va nemis tillaridagi somatik frazeologizmlarning nutqiy aktlarni ifodalashdagi kognitiv-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi somatik komponentli frazeologik birliklarning kommunikativ vazifalarini aniqlash hamda ularning so‘zlovchining kommunikativ niyati va adresatga pragmatik ta’siri bilan bog‘liqligini ochib berishdan iborat. Tadqiqot materialini o‘zbek va nemis tillarida qo‘llanadigan ko‘z, til, yurak, qo‘l, bosh kabi somatik komponentli frazeologik birliklar tashkil etadi. Tahlil jarayonida tavsifiy, qiyosiy, kontekstual, kognitiv-semantik va pragmatik usullardan foydalanildi. Natijalar somatik frazeologizmlarning nafaqat obrazli nominatsiya, balki muayyan kommunikativ harakatni amalga oshirish vositasi sifatida ham faol qo‘llanishini ko‘rsatdi. Ularning direktiv, ekspressiv, assertiv va komissiv nutqiy aktlarni ifodalash imkoniyatlari aniqlandi. Somatik obraz asosida shakllangan “ko‘rish – anglash”, “til – nutq – nazorat”, “yurak – hissiyot”, “qo‘l – yordam – kelishuv” kabi kognitiv bog‘lanishlar frazeologizmlarning pragmatik mazmunini shakllantirishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari frazeologiya, kognitiv tilshunoslik va pragmatikaning o‘zaro aloqasini yoritishga xizmat qiladi.

Cognitive-Pragmatic Features of Somatic Phraseological Units in the Expression of Speech Acts

This thesis examines the cognitive-pragmatic features of somatic phraseological units in Uzbek and German in the expression of speech acts. The main aim of the study is to identify the communicative functions of phraseological units containing somatic components and to determine their relationship with the speaker’s communicative intention and pragmatic influence on the addressee. The research material consists of somatic phraseological units in Uzbek and German containing body-part components such as eye, tongue, heart, hand, and head. Descriptive, comparative, contextual, cognitive-semantic, and pragmatic methods were employed in the analysis. The findings demonstrate that somatic phraseological units function not only as means of figurative nomination but also as linguistic devices for performing specific communicative actions. Their potential to express directive, expressive, assertive, and commissive speech acts was identified. The analysis shows that cognitive associations such as “seeing – understanding,” “tongue – speech – control,” “heart – emotion,” and “hand – assistance – agreement,” which are constructed through somatic imagery, contribute to the formation of the pragmatic meaning of phraseological units. The results contribute to a deeper understanding of the interaction between phraseology, cognitive linguistics, and pragmatics and demonstrate the role of embodied experience in the conceptualization of communicative meanings.

Kalit so'zlar: somatik frazeologizm, nutqiy akt, kognitiv pragmatika, kommunikativ niyat, pragmatik funksiya, kognitiv konseptualizatsiya

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi