TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MENASIV NUTQIY AKTLARNING GRAMMATIK-SINTAKTIK IFODALANISHI
Toshkent davlat transport universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida menasiv nutqiy aktlarning grammatik-sintaktik ifodalanish xususiyatlari qiyosiy jihatda tadqiq etilishini maqsad qildik. Menasiv mazmunning shakllanishida gapning kommunikativ turlari, fe’lning zamon va mayl shakllari, imperativ konstruksiyalar, so‘roq va darak gaplar, shartli konstruksiyalar hamda inkor vositalarining pragmatik imkoniyatlari batafsil ochiqlanadi. Tadqiqotda grammatik shaklning o‘z-o‘zidan menasiv mazmunni belgilamasligi, balki uning muayyan kommunikativ vaziyat, kontekst va so‘zlovchining kommunikativ maqsadi bilan o‘zaro munosabati natijasida tahdid mazmuni yuzaga kelishi asoslanishi ko‘zda tutiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi grammatik-sintaktik vositalarning umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, menasiv nutqiy aktlarning ochiq va bilvosita ifodalanish mexanizmlari yoritiladi.
The Grammatical-Syntactic Expression of Menacing Speech Acts in English and Uzbek
This article presents a comparative analysis of the grammatical and syntactic realization of menacing speech acts in English and Uzbek. Particular attention is paid to the pragmatic potential of communicative sentence types, verb tense and mood forms, imperative constructions, interrogative and declarative sentences, conditional constructions, and negative structures in the formation of menacing meaning. The study argues that grammatical forms do not inherently constitute menacing meaning; rather, such meaning emerges through the interaction of grammatical structure with the communicative context, the speaker’s communicative intention, and the anticipated negative consequence. The study identifies common and language-specific features of grammatical and syntactic means employed in English and Uzbek and examines the mechanisms through which menacing speech acts may be expressed either explicitly or indirectly.
Kalit so'zlar: Kalit so‘zlar: menasiv nutqiy akt, tahdid, pragmatika, grammatik ifoda, sintaktik konstruksiya, imperativ, darak gap, so‘roq gap, shart konstruksiyasi.