TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Jorj Oruellning “1984” asarida emotsional nutqning roli
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jorj Oruellning “1984” romanida emotsional nutqning personajlar xarakterini ochib berish, ularning jamiyatga qarshiligini va mafkuraviy nazoratni aks ettirishdagi roli tahlil qilinadi. Tanlangan epizodlarning sinchkov tahlili takrorlar, qisqa jumlalar, ichki tuyg'ularini ifodalagan izhorlar va majburlash ta’siridagi iltijolarning asardagi emotsional rivojlanishni yozuvchi qay tarzda shakllantirganini yoritadi. Qahramonlar nutqidagi parchalarni Karim Bahriyevning o‘zbekcha tarjimasi bilan qiyoslash emotsional ta’sirchanlikni saqlashda voqeaviy kontekst va shaxslararo munosabatlarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
The role of emotional speech in George Orwell’s 1984
This article examines how emotional speech shapes characterization, resistance, and ideological control in George Orwell’s 1984. Close readings of selected episodes reveal how repetition, interrupted utterances, intimate declarations, and coerced appeals organize the novel’s emotional development. A comparison with Karim Bahriev’s Uzbek translation illustrates why preserving emotional force requires attention to narrative context and interpersonal relationships.
Kalit so'zlar: hissiy-emotsional nutq, Jorj Oruell, roman distopiya, ideologik boshqaruv, badiiy tarjima,