TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Farg'ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda generativ sun’iy intellekt, suhbatdosh chatbotlar, avtomatik tahrirlash va individual ta’limga moslashtirilgan raqamli vositalarning fransuz tili darslaridagi o‘rni yoritiladi. Sun’iy intellektdan foydalanish yozma nutqni takomillashtirish, grammatik xatolarni aniqlash, lug‘at boyligini kengaytirish, topshiriqlarni individuallashtirish va o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan bog‘lanadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt yaratgan javoblarning ishonchliligi, haddan tashqari tayyor javoblarga tayanish, akademik halollik va o‘qituvchining nazoratini saqlash kabi masalalar ham ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tadqiqotlar asosida AI vositalarini o‘qituvchini almashtiruvchi emas, balki pedagogik maqsadga muvofiq qo‘llanadigan yordamchi vosita sifatida tashkil etish zarurligi asoslanadi.
DIDACTIC POSSIBILITIES OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES IN FRENCH LANGUAGE TEACHING
This article examines the didactic potential of artificial intelligence technologies in teaching French as a foreign language. It focuses on generative artificial intelligence, conversational chatbots, automated feedback and adaptive digital tools that can be incorporated into French language instruction. Particular attention is paid to the potential of AI for improving written production, identifying grammatical errors, expanding vocabulary, individualizing learning tasks and supporting learner autonomy. At the same time, the study discusses limitations related to the reliability of AI-generated responses, overdependence on ready-made answers, academic integrity and the necessity of teacher supervision. Drawing on recent research, the article argues that AI should be integrated as a pedagogically controlled support tool rather than treated as a substitute for the language teacher.
Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, fransuz tili, FLE, generativ AI, chatbot, raqamli ta’lim, didaktika, individual ta’lim, yozma nutq, lug‘at boyligi, akademik halollik.