ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

MAYDON NAZARIYASI VA UNING PERSUAZIVLIKKA TATBIQ ETILISH ASOSLARI

Yigitaliyeva, Zilola Muratovna

Farg'ona davlat univesiteti

2026-10-03 · pp. 235–237 · DOI: 10.5281/zenodo.23278591 · UDK 81

Annotatsiya

Maqolada persuazivlikni funksional-semantik maydon sifatida qarashning nazariy asoslari koʻrib chiqiladi. Maydon nazariyasining shakllanish tarixi — J. Trir va L. Vaysgerberning leksik maydon konsepsiyasidan Ye. V. Gulyga, Ye. I. Shendels va V. G. Admonining grammatik-leksik maydon gʻoyasi orqali A. V. Bondarkoning funksional grammatikasigacha — tahlil qilinadi va funksional-semantik maydonning yadro, periferiya va kesishuv zonalaridan iborat tuzilishi tavsiflanadi. Persuazivlikka maydon nazariyasini tatbiq etish uchun Ye. M. Volfning baho maydoni konsepsiyasi, M. Xollideyning tizimli-funksional grammatikasi va J. Martin hamda P. Uaytning Appraisal nazariyasi qoʻshimcha manba sifatida jalb qilinadi. Rus (A. V. Golodnov, Ye. V. Shelestyuk) va Gʻarb (H. Halmari, T. Virtanen, M. Khedri, K. Hyland) tilshunosligida persuaziv vositalarning sathli tasnifi koʻrib chiqilib, ularda yadro–periferiya munosabatining tavsiflanmagani koʻrsatiladi. Xulosa qilinadiki, maydon nazariyasi persuazivlik uchun uch afzallikka ega: turli sathlarga mansub vositalarni yagona semantik funksiya asosida birlashtiradi, ularni ixtisoslashganlik darajasi boʻyicha gradual tartiblaydi va qoʻshni maydonlar bilan kesishuvni tavsiflashga imkon beradi.

BASIS OF FIELD THEORY AND ITS APPLICATION TO PERSUASION

The article examines the theoretical grounds for treating persuasiveness as a functional-semantic field. It traces the development of field theory — from the lexical-field concept of J. Trier and L. Weisgerber, through the grammatical-lexical field of E. V. Gulyga, E. I. Shendels and V. G. Admoni, to A. V. Bondarko's functional grammar — and describes the structure of the functional-semantic field as consisting of a core, a periphery and zones of overlap. To apply field theory to persuasiveness, three further sources are drawn upon: E. M. Wolf's concept of the field of evaluation, M. A. K. Halliday's systemic functional grammar and the Appraisal theory of J. R. Martin and P. R. R. White. The level-based classifications of persuasive devices in Russian (A. V. Golodnov, E. V. Shelestyuk) and Western (H. Halmari, T. Virtanen, M. Khedri, K. Hyland) linguistics are reviewed, and it is shown that they do not account for the core–periphery relation. The article concludes that field theory offers three advantages for the study of persuasiveness: it unites devices of different language levels on the basis of a single semantic function, orders them gradually by degree of specialisation, and makes it possible to describe their overlap with adjacent fields.

Kalit so'zlar: persuazivlik, funksional-semantik maydon, yadro va periferiya, baho maydoni, interpersonal metafunksiya, Appraisal nazariyasi, persuaziv vositalar, sathli tasnif.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi