TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
O‘ZBEK VA NEMIS NIKOH DISKURSIDA IRODAVIYLIKNING LINGVOPRAGMATIK MODELLARI
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va nemis nikoh diskursida irodaviylik, rozilik va majburiyatning verbal ifodalanish usullari qiyosiy-lingvopragmatik hamda lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbek nikoh diskursida ota-ona roziligi, kollektiv qaror va oilaviy vakolatni ifodalovchi nutqiy birliklar, nemis nikoh diskursida esa kelin-kuyovning individual roziligi va shaxsiy majburiyatini ifodalovchi Ja, ich will, Ich nehme dich zu meinem Mann/meiner Frau, Ich verspreche Dir... kabi performativ va komissiv formulalar asosiy tahlil materiali sifatida olinadi. Qiyosiy tahlil ikki lingvomadaniyatda nikohning bir xil ijtimoiy institut bo‘lishiga qaramay, undagi kommunikativ subyekt, irodaviylik manbai va nutqiy aktlarning pragmatik yo‘nalishi turlicha modellashtirilishini ko‘rsatadi. Tahlil qilingan materiallar doirasida o‘zbek nikoh diskursida kollektiv-oilaviy iroda va ota-onalik vakolati nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lsa, nemis nikoh diskursida individual rozilik, shaxsiy tanlov va kelajak uchun majburiyat olishga asoslangan komissiv-performativ tendensiya yaqqolroq kuzatiladi.
LINGUOPRAGMATIC MODELS OF VOLITION IN UZBEK AND GERMAN MARRIAGE DISCOURSE
This article analyzes, from comparative linguopragmatic and linguocultural perspectives, the verbal means of expressing volition, consent, and commitment in Uzbek and German marriage discourse. The analysis focuses on speech units expressing parental consent, collective decision-making, and family authority in Uzbek marriage discourse, as well as performative and commissive formulas such as Ja, ich will, Ich nehme dich zu meinem Mann/meiner Frau, and Ich verspreche Dir..., which express the individual consent and personal commitment of the bride and groom in German marriage discourse. The comparative analysis demonstrates that, although marriage constitutes the same social institution in both linguocultures, the communicative subject, the source of volition, and the pragmatic orientation of speech acts are modeled differently. Within the analyzed material, collective-family volition and parental authority are relatively more salient in Uzbek marriage discourse, whereas German marriage discourse more clearly displays a commissive-performative tendency based on individual consent, personal choice, and the assumption of future commitments.
Kalit so'zlar: nikoh diskursi, nutqiy akt, performativlik, komissiv, rozilik akti, irodaviylik, lingvopragmatika, lingvokulturologiya, Eheversprechen, kommunikativ strategiya.