TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Lingvokulturologiya va madaniyatlararo pragmatika: persuazivlikka aloqador tushunchalar
Farg'ona davlat univesiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada lingvokulturologiya va madaniyatlararo pragmatikaning persuazivlikni o‘rganishdagi nazariy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda til va madaniyatning o‘zaro aloqasi, madaniy konseptlar, kommunikativ xulq, madaniy skriptlar hamda nutqiy aktlarning madaniyatlararo variativligi persuaziv strategiyalar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. V. fon Gumboldt, V. V. Vorobyov, V. I. Karasik, A. Vejbitskaya, E. T. Hall, G. Hofstede, J. House va T. V. Larina kabi olimlarning konsepsiyalari asosida persuaziv vositalarning lingvomadaniy shartlanganligi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek va nemis lingvomadaniyatlarida to‘g‘rilik–bilvositalik, mazmun–adresatga yo‘nalganlik, individualizm–kollektivizm, hokimiyat masofasi va xushmuomalalik kabi parametrlarning persuaziv kommunikatsiyaga ta’siri qiyosiy jihatdan tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari kommunikativ uslub lingvomadaniyat va persuaziv vosita o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi mexanizm ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, madaniy modellarni tayyor xulosa sifatida emas, balki korpus materiallari orqali empirik tekshiriladigan gipotezalar manbai sifatida qo‘llash zarurligi asoslanadi.
Linguoculturology and intercultural pragmatics: concepts related to persuasion
This article analyzes the theoretical and methodological significance of linguoculturology and intercultural pragmatics in the study of persuasion. The study examines the interrelationship of language and culture, cultural concepts, communicative behavior, cultural scripts, and cross-cultural variability of speech acts in relation to persuasive strategies. The linguocultural conditioning of persuasive tools is highlighted based on the concepts of such scientists as V. von Humboldt, V. V. Vorobyov, V. I. Karasik, A. Vejbitskaya, E. T. Hall, G. Hofstede, J. House, and T. V. Larina. Also, the influence of parameters such as directness–indirectness, content–addressee orientation, individualism–collectivism, power distance, and politeness on persuasive communication in Uzbek and German linguistic cultures is described comparatively. The results of the study show that communicative style is an important connecting mechanism between linguistic culture and persuasive tools. At the same time, it is necessary to use cultural models not as ready-made conclusions, but as a source of hypotheses that can be empirically tested through corpus materials.
Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, madaniyatlararo pragmatika, persuazivlik, persuaziv kommunikatsiya, kommunikativ uslub, lingvomadaniyat, madaniy skript, nutqiy akt, xushmuomalalik, o‘zbek lingvomadaniyati, nemis lingvomadaniyati, madaniy standartlar