ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MEHNAT KONSEPTINING AKSIOLOGIK TADQIQI

Tursunova, Zulifarxon Iqboljon qizi

Fargʻona davlat universiteti, Tilshunoslik kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti

2026-10-03 · pp. 201–204 · DOI: 10.5281/zenodo.23278484 · UDK 811.111

Annotatsiya

Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida mehnat konseptining aksiologik (baholash) komponenti qiyosiy tadqiq etiladi. Lingvistik baho nazariyasi va konseptga lingvokulturologik yondashuv asosida mehnat, mehnatkash inson va dangasalikka nisbatan ijobiy hamda salbiy bahoni ifodalovchi leksik birliklar, frazeologizmlar va maqollar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ikki tilda mehnatga ijobiy, dangasalikka salbiy munosabat hamda mehnatni jismoniy mashaqqat sifatida tasavvur qilish umumiy ekanini ko‘rsatdi. Biroq asosiy qadriyat manbalari farqlanadi: ingliz tilida mehnat asosan iqtisodiy va individual qadriyatlar (yutuq, mustaqillik) orqali, o‘zbek tilida esa axloqiy, diniy va jamoaviy qadriyatlar orqali baholanadi, bu ayniqsa halol mehnat tushunchasida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Axiological Research of the Concept of Labor in the English and Uzbek Languages

The article presents a contrastive study of the axiological component of the concept of LABOUR in English and Uzbek. Based on lexical units, phraseological units and proverbs, universal and culture-specific evaluations of labour, diligence and idleness are identified. It is shown that English evaluates labour mainly through economic and individualistic values, whereas Uzbek evaluates it through moral, religious and communal values.

Kalit so'zlar: konsept, mehnat, aksiologiya, baho, qadriyat, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologiya, maqol, lingvokulturologiya

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi