TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Korpus lingvistikasing tarjimashunoslikdagi zamonaviy imkoniyatlari
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Annotatsiya
Mazkur tezisda korpus lingvistikasining zamonaviy tarjimashunoslikdagi imkoniyatlari, nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Korpus asosidagi yondashuvning tarjima jarayonini empirik va statistik ma’lumotlar asosida o‘rganishdagi o‘rni yoritiladi. Parallel va qiyosiy korpuslardan foydalanish orqali tarjima universaliyalari, tarjimon uslubi, tarjima strategiyalari hamda leksik-grammatik xususiyatlarni aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, korpus texnologiyalarining mashina tarjimasi, atamashunoslik, tarjimon tayyorlash va tarjima sifatini baholashdagi ahamiyati ochib beriladi. O‘zbek tarjimashunosligida milliy korpusning rivojlanishi va undan tarjima tadqiqotlarida foydalanish istiqbollari ham tahlil qilinadi.
Modern possibilities of corpus linguistics in translation studies
This paper analyzes the potential and the theoretical and practical significance of corpus linguistics within modern translation studies. It highlights the role of the corpus-based approach in examining the translation process through empirical and statistical data. The study explores the possibilities of identifying translation universals, translator style, translation strategies, and lexico-grammatical features through the use of parallel and comparable corpora. Furthermore, it outlines the importance of corpus technologies in machine translation, terminology, translator training, and the assessment of translation quality. Finally, the development of a national corpus within Uzbek translation studies and the prospects for its use in translation research are analyzed.
Kalit so'zlar: korpus lingvistikasi, tarjimashunoslik, parallel korpus, qiyosiy korpus, tarjima universaliyalari, tarjimon uslubi, korpus texnologiyalari, mashina tarjimasi, milliy korpus