ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Yozma nutqni rivojlantirishda korpusga asoslangan metodning didaktik imkoniyatlari.

Abdiolimova, Qizlarxon

Farg'ona davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 98–101 · DOI: 10.5281/zenodo.23278448 · UDK 37

Annotatsiya

Maqolada chet tilida yozma nutqni rivojlantirishda korpusga asoslangan metodning nazariy va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Korpus materiallari o‘quvchiga tayyor qoida emas, balki real matnlardagi takroriy leksik-grammatik qoliplar, kollokatsiyalar, bog‘lovchi vositalar va janrga xos birliklarni kuzatish asosida xulosa chiqarish imkonini beradi. Nazariy-metodik tahlil natijasida yozuv darsi uchun besh bosqichli model taklif etildi, ya’ni yozuv muammosini aniqlash, korpusdan dalil yig‘ish, namunalarni qiyoslash va qonuniyatni umumlashtirish, topilmani matnda qo‘llash, korpusga tayangan holda tahrirlash va refleksiya. Metodning samarasi korpus savodxonligi, topshiriqlarning bosqichma-bosqich murakkablashuvi, o‘qituvchi ko‘magi hamda o‘quvchi va ekspert korpuslarini uyg‘un qo‘llashga bog‘liqligi asoslanadi.

The Didactic Potential of the Corpus-Based Method in Developing Writing Skills

This article examines the theoretical and pedagogical potential of a corpus-based method for developing foreign-language writing. Rather than receiving rules in a ready-made form, learners investigate recurrent lexico-grammatical patterns, collocations, linking devices, and genre-specific expressions in authentic texts. The study proposes a five-stage model for writing instruction: identifying a writing problem, collecting corpus evidence, comparing examples and formulating a pattern, applying the finding in a text, and revising through corpus consultation and reflection. The analysis argues that the method is most effective when corpus literacy is developed gradually, tasks are scaffolded, and expert corpora are combined with local learner corpora.

Kalit so'zlar: yozma nutq, korpus lingvistikasi, korpusga asoslangan metod, ma’lumotlarga tayangan ta’lim, konkordans, kollokatsiya, akademik yozuv, tahrirlash.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi