ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Leksik-grammatik transformatsiyalarning badiiy tarjimada aks etishi: Xemingueyning “To Have and Have Not” romani o‘zbekcha tarjimasi misolida

Sardorbekov, Sherzodbek Saforboyevich

Urganch davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 41–44 · DOI: 10.5281/zenodo.23278415 · UDK 81'25

Annotatsiya

Maqolada ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimada leksik-grammatik transformatsiyalarning namoyon bo‘lishi Ernest Xemingueyning “To Have and Have Not” romani va uning K. Yusupova qilgan o‘zbekcha tarjimasi (2023) misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi – asliyat va tarjima matnini qiyoslab, ikki tilning tipologik farqi tufayli yuzaga keladigan transformatsiyalarning asosiy turlarini aniqlash hamda ularning tarjimadagi vazifasini ochib berishdir. Tahlil romandan olingan jumla juftliklari asosida transpozitsiya, gap bo‘laklari o‘rin almashinishi, kompensatsiya, eksplikatsiya va antonimik tarjima misolida olib borildi va har bir tur aniq misollar bilan asoslandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, transpozitsiya va so‘z tartibining o‘zgarishi ko‘pincha tizimiy zaruratdan kelib chiqadi, kompensatsiya va eksplikatsiya esa tarjimonning ongli tanlovi bilan bog‘liq; antonimik tarjimaning kam uchrashi muallif uslubining ta’siridan dalolat beradi. Bundan tashqari, ko‘p komponentli analitik konstruksiyaning bitta agglyutinativ so‘z shakliga siqilishini ifodalovchi grammatik-morfologik kondensatsiya transformatsiyasi alohida tur sifatida asoslandi. Kuzatishlar bir jumla doirasida odatda bir necha transformatsiya birgalikda amal qilishini, leksik-grammatik sathda esa tizimiy omil yetakchilik qilishini, leksika va uslubga yaqinlashgan sari tarjimonning tanlov erkinligi kengayishini ko‘rsatdi. Xulosalar tarjima tanqidida va tarjimashunoslikni o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin.

The Reflection of Lexical-Grammatical Transformations in Literary Translation: A Case Study of the Uzbek Translation of Hemingway's "To Have and Have Not"

The paper examines how lexical-grammatical transformations manifest themselves in English–Uzbek literary translation, using Ernest Hemingway’s novel “To Have and Have Not” and its Uzbek translation by K. Yusupova (2023). The study aims to identify the main types of transformation caused by the typological distance between the two languages and to show what functions they serve in the target text. The analysis is based on pairs of source and target sentences and covers transposition, reordering of sentence members, compensation, explication and antonymic translation, each type being supported by concrete examples. It shows that transposition and word-order changes mostly arise from systemic necessity, whereas compensation and explication reflect deliberate choices by the translator; the rarity of antonymic translation is linked to the author’s minimalist style. In addition, grammatical-morphological condensation, in which a multi-component analytic construction is compressed into a single agglutinative word form, is substantiated as a separate type. The analysis also demonstrates that several transformations usually operate together within a single sentence, and that at the lexical-grammatical level the systemic factor prevails, while the translator’s freedom of choice widens towards the lexical and stylistic levels. The findings can be applied in translation criticism and in teaching translation studies.

Kalit so'zlar: tarjima transformatsiyasi, leksik-grammatik transformatsiya, transpozitsiya, kompensatsiya, badiiy tarjima

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi