TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
O‘zbek tilida barmoq, yoqa, og‘iz komponentli hayratni ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilida hayratni ifodalovchi barmoq, yoqa va og‘iz komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tadqiq qilingan. Tadqiqotda tavsifiy, semantik va lingvomadaniy tahlil usullaridan foydalanilib, “yoqasini ushlamoq”, “hayrat barmog‘ini tishlamoq”, “og‘zi ochilib qolmoq” birliklarining lug‘aviy ma’nosi, emotsional intensivligi, ekspressivligi hamda badiiy matndagi funksional xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil uchun Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Alisher Navoiy asarlari va Hojiakbar Shayxovning “Iblis bilan muloqot” asaridagi misollar tanlab olindi. Natijalar ushbu frazeologizmlarda hayratning bevosita nomlanmasdan, insonning jismoniy harakati va fiziologik reaksiyasi orqali konseptuallashtirilishini ko‘rsatdi. “Yoqa” komponenti beixtiyor ta’sirlanishni, “barmoq” kuchli hayratni, “og‘iz” esa hayratning tashqi somatik belgisini ifodalaydi. Xulosa qilib, mazkur birliklar o‘zbek tilida hayratni obrazli, ekspressiv va milliy-madaniy jihatdan ifodalashning muhim vositasi bo‘lib, xalqning emotsional tajribasi va obrazli tafakkurini aks ettiradi.
Linguocultural characteristics of Uzbek phraseological units expressing surprise with finger, collar, and mouth components
This article examines the linguocultural characteristics of phraseological units in the Uzbek language that express surprise and contain the components finger, collar, and mouth. The study employs descriptive, semantic, and linguocultural analysis to investigate the lexical meaning, emotional intensity, expressiveness, and functional features in literary texts of the expressions yoqasini ushlamoq, hayrat barmog‘ini tishlamoq, and og‘zi ochilib qolmoq. Examples were selected from Abdulla Qodiriy’s O‘tkan kunlar, Pirimqul Qodirov’s Yulduzli tunlar, works by Alisher Navoi, and Hojiakbar Shayxov’s Iblis bilan muloqot. The findings demonstrate that in these phraseological units, surprise is not expressed directly but is conceptualized through bodily movements and physiological reactions. The collar component conveys involuntary emotional reaction, the finger component represents intense surprise, while the mouth component reflects the external somatic manifestation of surprise. The study concludes that these phraseological units constitute important means of expressing surprise in an figurative, expressive, and culturally specific manner in Uzbek, reflecting the emotional experience and figurative conceptualization characteristic of Uzbek linguistic culture.
Kalit so'zlar: hayrat, frazeologik birlik, lingvomadaniyat, somatik, ekspressivlik.