TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Stiven King apokaliptik asarlarining kinematografik talqini va badiiy xususiyatlari
O'zbekiston davlat jahon tillar universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada amerikalik yozuvchi Stephen Kingning apokaliptik asarlari Matonat, Tuman va Uyali telefon hamda ularning kino va televideniyedagi ekran talqinlari qiyosiy-adabiy va intermedial jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi apokaliptik obraz, motiv va makonning kinematografik talqinini aniqlash hamda adabiy matndan kino tiliga o‘tish jarayonidagi badiiy transformatsiyalarni ochib berishdan iborat. Tadqiqot qiyosiy-tipologik, intermedial, adaptatsion va narratologik-strukturaviy tahlil metodlariga asoslanib, Linda Xatcheon, Robert Stem, Brayan MakFarlayn va Lorenzo DiTommassoning nazariy qarashlariga tayanadi. Natijalar King asarlaridagi apokaliptik falokat insonning axloqiy tanlovi, qo‘rquvga munosabati va ijtimoiy munosabatlarini ochib beruvchi badiiy vosita ekanini ko‘rsatdi. Ekran talqinlarida introspektiv-psixologik tasvir kadr, montaj, yorug‘lik-soya, ovoz va musiqa kabi kinematografik vositalar orqali qayta ifodalanadi. Turli transformatsion strategiyalar qo‘llanilganiga qaramay, uch asarning ekran talqinlarida apokaliptik mazmun saqlanib qoladi.
Cinematic interpretation and artistic features of Stephen King’s apocalyptic works
This article analyzes Stephen King’s apocalyptic works The Stand, The Mist, and Cell, as well as their film and television adaptations, from comparative-literary and intermedial perspectives. The study aims to identify the cinematic interpretation of apocalyptic images, motifs, and space and to reveal the major artistic transformations that occur in the transition from literary text to cinematic language. The research is based on comparative-typological, intermedial, adaptation, and narratological-structural methods and draws on the theoretical approaches of Linda Hutcheon, Robert Stam, Brian McFarlane, and Lorenzo DiTommaso. The results demonstrate that apocalyptic catastrophe in King’s works functions as an artistic means of revealing moral choice, attitudes toward fear, and social interactions. In screen adaptations, introspective and psychological descriptions are reinterpreted through cinematic devices such as framing, editing, lighting and shadow, sound, and music. Despite the use of different transformational strategies, the apocalyptic content is preserved in the screen interpretations of all three works.
Kalit so'zlar: apokaliptik adabiyot, Stiven King, ekranlashtirish, adaptatsiya nazariyasi, kinematografik talqin.