TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA NEMIS TILI DARSLIKLARINI YARATISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining nemis tilini o‘qitish jarayonidagi didaktik imkoniyatlari hamda zamonaviy darsliklarni yaratish texnologiyalarini takomillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ChatGPT va boshqa generativ sun’iy intellekt vositalarining nemis tili darsliklari uchun matnlar, mashqlar, testlar va interaktiv topshiriqlar yaratishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy didaktik ta’minot vositalari asosida ishlab chiqilgan elektron ta’lim resurslarining kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish darslik yaratish jarayonini optimallashtirish, o‘quv materiallarining sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonini individuallashtirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
IMPROVING THE TECHNOLOGIES FOR DEVELOPING GERMAN LANGUAGE TEXTBOOKS BASED ON ARTIFICIAL INTELLIGENCE
This article analyzes the didactic potential of artificial intelligence technologies in German language teaching and their role in improving textbook development technologies. The study highlights the possibilities of ChatGPT and other generative AI systems in creating texts, exercises, tests, and interactive learning materials. The findings indicate that AI technologies contribute to the optimization of textbook design, improvement of educational content quality, and personalization of learning processes.
Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, ChatGPT, nemis tili, darslik yaratish texnologiyasi, didaktik ta’minot vositalari, CEFR, raqamli ta’lim, interaktiv topshiriqlar.