TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
TALABALARNING CHET TILI DARSLARIDA O‘QUV GURUHI GETEROGENLIGINING OMILLARI VA ULARNI PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA QILISH
Farg'ona davlat universiteti
Annotatsiya
Annotatsiya: Maqolada talabalarning chet tili (nemis tili) darslarida o‘quv guruhi geterogenligini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni pedagogik diagnostika qilish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi – geterogenlik tushunchasining nazariy talqinlarini tahlil qilish asosida oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qitish uchun geterogenlik omillarining tizimli tasnifini ishlab chiqish va har bir omilning didaktik ahamiyatini asoslash. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-tizimli tahlil, tasniflash va modellashtirish metodlari qo‘llanildi; nazariy xulosalar nemis tili kursida o‘tkazilgan harakat tadqiqoti ma’lumotlari misolida izohlandi. Natijada geterogenlikning to‘rt ma’no o‘lchovi – baholovchi, tengsizlikni tanqid qiluvchi, tavsiflovchi va didaktik o‘lchovlarning chet tili ta’limi uchun ahamiyati ochib berildi hamda omillarning besh guruhdan iborat tasnifi taklif etildi: demografik, kognitiv, motivatsion-affektiv, o‘quv uslubi va strategiyalari hamda hayotiy-kontekstual omillar. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, dars rejalashtirish uchun talabalarning oldingi bilimi, til darajasi va til biografiyasi eng katta ahamiyatga ega, yosh va jins kabi demografik belgilar esa asosan bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv uslublari konsepsiyasining empirik asoslari bahsli ekani ham qayd etildi. Xulosa sifatida to‘rt bosqichli diagnostika algoritmi va uni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talabalarga chet tili o‘qitishda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
FACTORS OF LEARNING GROUP HETEROGENEITY IN STUDENTS’ FOREIGN LANGUAGE CLASSES AND THEIR PEDAGOGICAL DIAGNOSTICS
The article examines the factors causing learning group heterogeneity in students’ foreign (German) language classes and their pedagogical diagnostics. The aim of the study is to develop a systematic classification of heterogeneity factors for foreign language teaching in higher education institutions based on an analysis of theoretical interpretations of the concept of heterogeneity, and to substantiate the didactic significance of each factor. The study used theoretical analysis, comparative-systemic analysis, classification and modelling; the theoretical conclusions are illustrated with data from an action research study conducted in a German course. As a result, the significance of the four dimensions of meaning of heterogeneity – evaluative, inequality-critical, descriptive and didactic – for foreign language teaching is revealed, and a classification of factors in five groups is proposed: demographic, cognitive, motivational-affective, learning styles and strategies, and life-contextual factors. The analysis showed that students’ prior knowledge, language level and language biography are the most important for lesson planning, while demographic characteristics such as age and gender have a mainly indirect effect. The empirical basis of the learning styles concept remains controversial. In conclusion, a four-step diagnostic algorithm and recommendations for its use in foreign language teaching at higher education institutions in Uzbekistan were developed.
Kalit so'zlar: geterogenlik, geterogenlik omillari, talabalar, chet tili ta’limi, nemis tili, pedagogik diagnostika, til biografiyasi, o‘qish motivatsiyasi.