ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

GETEROGEN O‘QUV GURUHLARIDA ICHKI DIFFERENSIATSIYA: NEMIS TILI TA’LIMI UCHUN DIDAKTIK SHARTLAR VA IMKONIYATLAR

Nuriddinova, Nafisaxon Tolib qizi

Farg'ona davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 63–68 · DOI: 10.5281/zenodo.23278291 · UDK 37

Annotatsiya

Maqolada geterogen o‘quv guruhlarida ichki differensiatsiyani qo‘llashning didaktik shartlari va imkoniyatlari nemis tili ta’limi misolida o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi – turli ta’lim bosqichlari va o‘quv fanlarida o‘tkazilgan uchta empirik tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida ichki differensiatsiyaning muvaffaqiyat shartlarini aniqlash hamda ularni kattalar uchun nemis tili kurslariga moslashtirish. Tadqiqot metodlari sifatida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, ikkilamchi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish, kontent-tahlil va umumlashtirish qo‘llanildi. Tahlil uchun kattalar uchun nemis tili kursida o‘tkazilgan harakat tadqiqoti, boshlang‘ich sinfda tadqiqotga asoslangan o‘qitish bo‘yicha aralash metodli tadqiqot hamda o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan ekspert intervyulariga asoslangan sifat tadqiqoti tanlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ichki differensiatsiyaning samaradorligi dastlabki diagnostika, topshiriqlarni murakkablik darajasi bo‘yicha tabaqalashtirish, o‘quvchiga tanlov erkinligini berish, o‘qituvchining metodik kompetensiyasi hamda vaqt va o‘quv dasturining moslashuvchanligi kabi institutsional shartlarga bog‘liq. Aniqlanishicha, o‘quvchilar differensiatsiyani ko‘pincha bevosita payqamaydi, biroq tanlov erkinligi va hamkorlikni ijobiy baholaydi. Xulosa sifatida ichki differensiatsiyaning besh komponentli modeli taklif etildi va uni O‘zbekistondagi kattalar uchun nemis tili kurslarida qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

INTERNAL DIFFERENTIATION IN HETEROGENEOUS LEARNING GROUPS: DIDACTIC CONDITIONS AND OPPORTUNITIES FOR GERMAN LANGUAGE TEACHING

The article examines the didactic conditions and opportunities for applying internal differentiation in heterogeneous learning groups, using German language teaching as an example. The aim of the study is to identify the conditions for successful internal differentiation on the basis of a comparative analysis of three empirical studies conducted at different levels of education, and to adapt these conditions to German courses for adults. The methods used were theoretical analysis of pedagogical literature, comparative analysis of secondary data, content analysis and generalisation. The studies selected for analysis were an action research study in a German course for adults, a mixed-methods study on inquiry-based learning in primary school, and a qualitative study based on expert interviews with teachers. The results showed that the effectiveness of internal differentiation depends on initial diagnostics, differentiation of tasks by level of difficulty, giving learners freedom of choice, the methodological competence of the teacher, and institutional conditions such as time and curriculum flexibility. It was found that learners rarely notice differentiation directly but value freedom of choice and cooperation. In conclusion, a five-component model of internal differentiation is proposed, and practical recommendations for its application in German courses for adults in Uzbekistan are developed.

Kalit so'zlar: ichki differensiatsiya, geterogen guruh, kattalar ta’limi, nemis tili, harakat tadqiqoti, tadqiqotga asoslangan o‘qitish, individuallashtirish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi