ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

BILINGVAL LEKSIK KOMPETENSIYANI BAHOLASHDA XALQARO PSIXOLINGVISTIK TESTLAR

Miraxmedova, Xilolahon Aliyorjonovna

2026-10-03 · pp. 150–153 · DOI: 10.5281/zenodo.23278275 · UDK 81

Annotatsiya

Maqolada bilingval leksik kompetensiyani baholashda qo‘llaniladigan xalqaro psixolingvistik testlar qiyosiy tahlil qilingan. Peabody Picture Vocabulary Test, Expressive Vocabulary Test, LexTALE va uning o‘zbek tiliga moslashtirilgan LexUz varianti, Boston Naming Test hamda Verbal Fluency Testning baholash obyekti, topshiriq shakli va psixolingvistik imkoniyatlari yoritilgan. Tahlil natijalari mazkur vositalar retseptiv lug‘at, ekspressiv lug‘at, leksik tanib olish, so‘zni xotiradan chaqirib olish va verbal ravonlik kabi turli mexanizmlarni o‘lchashini ko‘rsatadi. Biroq alohida test bilingval leksikonning tillararo faollashuv, leksik raqobat, ishlov berish tezligi va kognitiv nazorat kabi barcha tarkibiy jihatlarini bir vaqtda qamrab olmaydi. Shu sababli bilingval ishtirokchilarni baholashda til juftligi, yosh, til tajribasi va madaniy muhitni hisobga olgan kompleks diagnostik yondashuv zarurligi asoslangan.

International Psycholinguistic Tests for Assessing Bilingual Lexical Competence

The article presents a comparative analysis of international psycholinguistic tests used to assess bilingual lexical competence. It examines the assessment targets, task formats, and diagnostic potential of the Peabody Picture Vocabulary Test, the Expressive Vocabulary Test, LexTALE and its Uzbek adaptation LexUz, the Boston Naming Test, and the Verbal Fluency Test. These instruments address different components of lexical processing, including receptive and expressive vocabulary, word recognition, lexical retrieval, and verbal fluency. However, no single test simultaneously captures cross-language activation, lexical competition, processing speed, and cognitive control. The analysis therefore supports a comprehensive diagnostic approach that considers the language pair, age, language experience, and cultural environment of bilingual participants

Kalit so'zlar: bilingval leksikon, leksik kompetensiya, psixolingvistik diagnostika, retseptiv lug‘at, ekspressiv lug‘at, leksik qaror, nomlash, verbal ravonlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi