TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Rus va o‘zbek tillarida transport vositalari nomlarining leksik-semantik tuzilishini qiyosiy tahlil qilish
Turon universiteti (Qarshi)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi transport vositalari nomlarining leksik-semantik tuzilishini qiyosiy jihatdan tahlil qilish hamda ularning umumiy va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tavsifiy, leksik-semantik va komponent tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida transport vositalari nomlari asosiy leksik-semantik guruhlarga ajratilib, ularning ma’no tarkibi, nominatsiya usullari, sinonimik va giperonim-giponimik munosabatlari, shuningdek, o‘zlashma leksik birliklarning tilga moslashuv xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy natijalari rus va o‘zbek tillaridagi transport leksikasi umumiy semantik asosga ega ekanligini, biroq ayrim leksik birliklarning ma’no hajmi, qo‘llanish doirasi va nominatsiya usullarida o‘ziga xos farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, transport sohasining rivojlanishi har ikki til lug‘at tarkibining yangilanishiga, yangi nomlarning shakllanishiga va xalqaro terminlarning faol o‘zlashuviga ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Xulosa sifatida transport vositalari nomlarini qiyosiy o‘rganish rus va o‘zbek tillari o‘rtasidagi lingvistik aloqalarni, leksik-semantik jarayonlarni hamda milliy-madaniy xususiyatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
A comparative analysis of the lexical-semantic structure of transport vehicle names in russian and uzbek
The aim of this study is to conduct a comparative analysis of the lexical-semantic structure of transport vehicle names in Russian and Uzbek and to identify their common and nationally specific features. The study employs comparative-analytical, descriptive, lexical-semantic, and componential methods of analysis. In the course of the research, transport vehicle names were classified into the main lexical-semantic groups, and their semantic structure, naming patterns, synonymic and hyperonymic-hyponymic relations, as well as the adaptation of borrowed lexical units within the language system were examined. The main findings demonstrate that the transport vocabulary of Russian and Uzbek has a common semantic basis, while individual lexical units differ in their semantic scope, sphere of use, and naming patterns. The study also establishes that the development of the transport sector contributes to the renewal of the lexical composition of both languages, the emergence of new names, and the active borrowing of international terminology. In conclusion, the comparative study of transport vehicle names is of significant importance for identifying patterns of interlinguistic interaction between Russian and Uzbek, lexical-semantic processes, and national-cultural features.
Kalit so'zlar: transport leksikasi, transport vositalari nomlari, leksik-semantik tuzilish, nominatsiya, o‘zlashma birliklar, semantika, rus tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil.