ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

O'smirlar distopiyasi kengayishi va globallashishi

Qurbonova, Parizoda Alisherovna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2026-10-03 · pp. 11–13 · DOI: 10.5281/zenodo.23278184 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot Suzanna Kollinzning The Hunger Games, Elli Kondining Matched va Nil Shustermanning Unwind romanlarida o‘smirlar uchun mo‘ljallangan distopik janr konvensiyalarining ifodalanishi va transformatsiyasini o‘rganishga qaratilgan. Janr tahlilini qiyosiy adabiy tahlil bilan uyg‘unlashtirgan holda, tadqiqot tanlangan romanlarning janr rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, The Hunger Games YA distopiyasini jahon miqyosida yangi bosqichga olib chiqib, siyosiy qarshilikni markaziy konvensiya sifatida shakllantirgan va ijtimoiy tanqidning mavqeini kuchaytirgan. Unwind distopik janr doirasini axloqiy va tibbiy masalalar muhokamasiga kengaytirib, yanada murakkab falsafiy mazmunni olib kirgan bo‘lsa, Matched romantik distopiya subjanrini rivojlantirib, shaxsiy erkinlik va yaqinlikni siyosiy qarshilik shakllari sifatida ta’kidlagan. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, YA distopik janri tarixiy chuqurlik, tematik murakkablik va doimiy moslashuvchanlik bilan tavsiflanadigan adabiy yo‘nalishdir.

Expansion and Globalization of Young Adult dystopian fiction

This study aims to explore illustration and transformation of Young Adult dystopian genre conventions in the novels The Hunger Games by Suzanna Collins, Matched by Ally Condie, and Unwind by Neal Shusterman. Through, genre analysis combined with comparative literary analysis this study aims to address contributions the selected novels have made in the genre development. Results indicate that The Hunger Games revolutionized YA dystopia globally, and established political resistance as central elevated social critique. Unwind expanded dystopia into ethical and medical debates, and introduced darker philosophical complexity, while Matched expended romantic dystopia subgenre and emphasized personal freedom along with intimacy as political resistance. Conclusion of this study marks YA dystopian genre as a literary movement characterized by historical depth, thematic complexity, and ongoing adaptability.

Kalit so'zlar: Distopiya, YA distopiya, Antiutopiya, Janr hususiyatlari, Qiyosiy tahlil, Zamonaviy distopiya, YA adabiyot.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi