TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
NUTQ USLUBI TUSHUNCHASINING NAZARIY TARAQQIYOTI VA FUNKSIONAL-STILISTIK TALQINI
Annotatsiya
Mazkur maqolada nutq uslubi tushunchasining antik ritorikadan zamonaviy funksional stilistikagacha bo‘lgan nazariy taraqqiyoti tahlil qilinadi. Tsitseron va Kvintilian tomonidan ishlab chiqilgan uch uslub nazariyasi, Hermann Paulning individual-psixologik yondashuvi, Karl Vosslerning estetik talqini, Charles Ballyning ekspressiv stilistikasi, Ferdinand de Sossyurning langue – parole oppozitsiyasi, Praga maktabining funksional qarashlari, Roman Jakobsonning kommunikativ funksiyalar modeli hamda V.V. Vinogradov va M.N. Kojinaning funksional uslublar haqidagi qarashlari qiyosiy o‘rganilib, nutq uslubi tushunchasi tarixiy taraqqiyot davomida estetik va ritorik hodisadan ijtimoiy, kommunikativ hamda funksional jihatdan shartlangan lingvistik kategoriya darajasiga ko‘tarilgani yoritib beriladi.
THEORETICAL DEVELOPMENT OF THE CONCEPT OF SPEECH STYLE AND ITS FUNCTIONAL-STYLISTIC INTERPRETATION
This article examines the theoretical evolution of the concept of speech style from classical rhetoric to modern functional stylistics. It comparatively analyzes Cicero’s and Quintilian’s three-style doctrine, Hermann Paul’s individual-psychological approach, Karl Vossler’s aesthetic interpretation, Charles Bally’s expressive stylistics, Ferdinand de Saussure’s langue–parole distinction, the functional views of the Prague School, Roman Jakobson’s model of communicative functions, and the functional-style theories of V.V. Vinogradov and M.N. Kozhina. The analysis shows that, throughout its historical development, speech style evolved from a predominantly rhetorical and aesthetic phenomenon into a socially, communicatively, and functionally conditioned linguistic category.
Kalit so'zlar: nutq uslubi, stilistika, funksional stilistika, registr, kommunikativ funksiya, ekspressivlik, diskurs, til va nutq.